"Alkimyogar" - читать интересную книгу автора (Coelho Paulo)

Paulo Coelho
ALKIMYOGAR

J.ga bag’ishlanadi. — Buyuk Ijod sirini anglagan Alkimyogarga.
O’z yo’llarida davom etishdi. Iso bir qishloqqa kirdi. Bu yerda Marfa ismli ayol uni uyiga taklif qildi. Uning Maryam ismli bir singlisi bor edi. Maryam Isoning oyoqlari oldida o’tirib, uning so’zlarini tinglar edi. Marfa esa tayyorgarchilik ishlari bilan juda ovora edi. Nihoyat u Iso yoniga kelib: — Hazrat! Singlim bir o’zimni xizmatda qoldirib qo’yganiga e’tibor bermayapsanmi? Unga aytgin, menga yordam bersin! — dedi. Iso unga shunday javob berdi: — Marfa, Marfa, buncha urinib tashvishlanmasang! Zarur bo’lgan bittagina ish bor. Maryam esa o’zi uchun yaxshi ulushni tanladi va bu undan tortib olinmaydi. Luka bayon etgan Muqaddas Xushxabar, 10:38-42

Insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat? O’z Taqdiri yo’lidan borib, ko’ngliga tukkan orzu-umidlarini amalga oshirishi uchun insonga eng zarur narsa nima?..

“Alkimyogar” romani mana shunday ko’lamli, mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida.

Asar muallifi — hozirgi zamonning mashhur yozuvchisi braziliyalik Paulo Coelho.

“Alkimyogar” Richard Baxning “Oqcharloq Jonatan” yoki “Sharpalar” asarlariga o’xshamaydi. Ekzyuperining “Kichik Shahzoda”siga ham o’xshash tomonlari juda kam. Biroq negadir “Alkimyogar”ni o’qiganda beixtiyor o’sha rivoyat-qissalar yodga tushadi. Zotan, bu asar aynan hozirgi zamon kitobxonlari uchun yozilgandek va “Alkimyogar”ning turli davlatlar arboblariyu, mashhur san’atkorlar hamda hozircha bir yuz o’n yetti mamlakatdagi millionlab adabiyot muxlislari tomonidan sevib o’qilishi shundan dalolatdir.

“Bizning sayyoramizda bir buyuk haqiqat barqaror: agar siz chindan nimanidir orzu qilsangiz, unga albatta erishasiz. Zotan, bu orzu Olam Qalbida ham tug’iladi va ayni shuning o’zi sizning Yerda mavjudligingiz tasdiqi, sizning taqdiringizdir”, deb yozadi P. Coelho.

Tarjimon

Ahmad OTABOY tarjimasi

Paulo KOELO

2000 yil, iyul